22 mart kuni Silverleafe Jizzax viloyati, Paxtakor tumanidagi qishloq xo’jaligi klasteriga yaqin Mingchinor mahallasining 5000 nafar aholisi uchun Navro’z sharafiga bayram tadbiri o’tkazdi.
Tadbir dasturiga quyidagilar kirdi: Paxtakor viloyati madaniyat markazi ishtirokchilarining chiqishlari, Mingchinor mahallasining 13 ta ko’chalari o’rtasida pazandalik duellari, mini-futbol musobaqasi, yosh ijodkorlarning chiqishlari, shuningdek savdo yarmarkasi shirinliklar va milliy esdalik sovg’alari bo’ldi. Barcha mahalla aholisi uchun 300 kilogramm palov va 200 litr sumalak tayyorlandi. Tadbir kompaniya bosh direktori Den Patterson va uning o’rinbosari Erkin Nurmatovning tabrik nutqi bilan boshlandi.
Tantanali ochilish nutqidan so’ng Den Patterson oshpazlik duelida hakamlik qilishda qatnashdi, unda Mingchinor mahallasining 13 ta ko’chasi ijodkorligi, didi va milliy taomlarni tayyorlashda urf-odatlarni saqlash bo’yicha, birinchi o’rin uchun kurash olib bordi. Tanlovning barcha ishtirokchilari pul mukofotlariga sazovor bo’lishdi va asosiy g’oliblar mos ravishda birinchi va ikkinchi o’rinlarni egallagan «Xamida Olimjon» va «Mustaqillik» ko’chalari bo’ldi.
Mingchinor mahallasi yoshlari o’rtasida o’tkazilgan mini-futbol musobaqasida 1994 va 2001 yillarda tug’ilgan yigitlar ishtirok etishdi. Uchrashuv oxirida Den Patterson har ikki jamoaning, har bir futbolchisini, mahorati va eng yaxshi hujumchi, darvozabon va himoyachi sifatidagi ajoyib qobiliyati uchun taqdirladi.
“Bugun mahallamizning barcha aholisi uchun juda muhim kun. So’nggi 7 yil ichida xalqimiz birinchi marta Navro’zni shunday keng miqyosda nishonlamoqda. Silverleafe hayotimizda katta o’zgarishlarni amalga oshirdi – yo’llarimiz bo’ylab ko’cha yoritgichlarini o’rnatish, suv minorasini ta’mirlash va bolalar bog’chasi va 5 – sonli maktabni yaxshilashga yordam berishdi. Men barcha odamlar nomidan Den Pattersonga va barcha Silverleafe xodimlariga g’amxo’rlik uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. « – Mingchinor mahalla qo’mitasi raisi, Abdurahmon Abduvaliev.